Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan energetika sohasida bajarilayotgan ishlar yuzasidan hisobot

DXSh agentligi tomonidan 2021 yil davomida energetika sohasida 6 ta loyiha ustida ishlar olib borilayotgan bo‘lib, hozirgi kunda 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolanish arafasida. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish (Evropa taraqqiyot va tiklanish banki ko‘magida) (loyiha qiymati – 108 mln AQSh dollari, loyiha muddati – 25 yil).

Bundan tashqari, 3 ta DXSh loyihalari bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda. Bu Buxoro viloyatida (Olot tumani) 250 MVt quvvatga ega, Xorazm viloyatida (Xozarasp tumani) 100 MVt quvvatga ega va Namangan viloyatida (Pop tumani) 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stantsiyasini qurish (Scaling Solar 3) loyihalaridir.

Shu bilan birga, 2 ta loyiha kontseptsiyalari tasdiqlanish arafasida. Bular Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish (ADB Solar 2) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind 2) loyihalaridir

Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida 8 ta loyiha hujjatlar tayyorlanish va o‘rganish jarayonida. Bular:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stantsiyasini qurish (EBRD Wind III);
– 300 MVt Quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish (ADB Solar 3);
– 500 MVt shamol elektr stantsiyasini qurish (240-720 MVt saqlash batareyalari bilan);
– Toshkent shahridagi 4 ta issiqlik elektr stantsiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (1-bosqich);
– Toshkent shahridagi issiqlik elektr stantsiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (2-bosqich);
– Jizzax viloyati gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish;
– Toshkent shahar gaz ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish;
– Toshkent shahar elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish loyihalaridir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize