[:uz]Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida markazlashgan laboratoriya xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish loyihasining bitimi imzolandi.

Surxondaryo viloyatida “Alles Sag’lik Group” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan tashabbus qilingan markazlashgan laboratoriya markazini tashkil etish loyihasining davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimi imzolandi. Xususiy tashabbuskor loyihaga 989 000 AQSh dollari miqdorda investitsiya kiritadi. Loyiha doirasida investor tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yiliga 600 000 dan ortiq test o‘tkaziladigan, 100 dan ortiq turli laboratoriya tekshiruvlarni o‘tkazish uchun to‘liq jihozlangan markazlashgan laboratoriya bazasi yaratiladi.

Shuningdek, xususiy tashabbuskor Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarini qamrab oluvchi 28 ta namuna olish shaxobchaci va 4 ta maxsus transport parkini yaratadi. Laboratoriya taxlillari 28 ta namuna olish shaxobchalarida olinadi va 4 ta maxsus transport vositalarida markaziy laboratoriyaga etkaziladi.
Tahlil natijalari qisqa vaqt ichida elektron tarzda bemorning mobil telefoniga yoki elektron pochtasiga yuboriladi.

Ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihasining foydali jihatlari quyidagilardan iborat:
1) arzon narxdagi sifatli laboratoriya xizmatlari;
2) zamonaviy tibbiyot uskunlaridan foydalanishi;
3) tahlil natijalari elektron tarzda mobil telefon yoki elektron pochta orqali yuborilishi;
4) ko‘rsatiladigan barcha laboratoriya xizmatlari Evropa standartlari asosida amalga oshirilishi;
5) xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning jalb qilinishi;
6) 122 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi;
7) yillik umumiy test miqdorining 10 foizagacha bo‘lgan miqdorda (taxminan 60 000 ta) bepul testlar amalga oshirilishi.[:]