Manba: PQ-5263-son, 22.10.2021 y.

2022-2026 yillarda amaldagi qonunchilik hujjatlari to‘liq korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “korruptsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish tartibi joriy etildi.

Ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslar — mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korruptsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi.

Qarorga muvofiq:

• amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;

• Adliya vazirligi korruptsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam ko‘rsatadi;

• korruptsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlari o‘tkaziladi;

• Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 20 yanvarga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi, yil davomida belgilangan sohalar doirasida aniqlangan korruptsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha «Yo‘l xarita» tasdiqlanadi;

• normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korruptsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

Qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 75 ta qonunchilik hujjatidagi 302 ta korruptsiyaviy omillar bartaraf qilinadi.

Ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

Manba: PQ-5263-son, 22.10.2021 y.


Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida (PQ-5263-son, 22.10.2021 y.)
Font Resize