[:uz]Agentlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2019-2021 yillarda, 1-dekabr holati bo‘yicha, jami 222 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha, jumladan energetika sohasida 4 ta, kommunal xizmatlar sohasida 5 ta, transport sohasida 1 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 30 ta, suv xo‘jaligi sohasida 100 ta, ekologiya sohasida 29 ta, ta’lim sohasida 30 ta, sanoat sohasida 11 ta, madaniyat sohasida 8 ta hamda sport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va xuquqni muxofaza qilish sohalarida
1 tadan, ya’ni umumiy qiymati qariyb 2,65 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.

Shundan:

  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolangan loyihalar soni – 199 ta;
  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 4 ta;
  • Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 19 ta;

Ushbu loyihalarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:

Energetika sohasi:

2021 yil davomida energetika sohasida 4 ta loyiha olib borilayotgan bo‘lib, hozirgi kunda quyidagi 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolanish arafasida:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish (Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ko‘magida) (loyiha qiymati – 108 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil; tender g‘olibi taklifidan kelib chiqib aniqlanadi).

Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida amalga oshirilayotgan yana 3 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda:

– Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 213 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

– Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 61 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

– Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 92 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);

2022-2026 yillar davomida energetika sohasida 10 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlanish va o‘rganish jarayonida:

  • Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida 300 MVt Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (Sherabad II);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind II);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind III);
  • Hududlara “Toyota Tsusho” Corp. bilan hamkorlikda 500 MVt shamol elektr stansiyasini qurish (240-720 saqlash batareyalari bilan);
  • Qashqadaryo viloyatida (Muborak yoki Ko‘kdumaloq tumanida) 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasini qurish;
  • Toshkent shahridagi 4 ta issiqlik elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (1-bosqich);
  • Toshkent shahridagi issiqlik elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (2-bosqich);
  • Jizzax viloyati gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish;
  • Toshkent shahar gaz ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish;
  • Toshkent shahar elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish.

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi:

2021 yil davomida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 5 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugungi kun holatiga 4 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 1 600 mln. yevro; loyiha muddati – 30 yil) bo‘yicha xususiy tashabbuskor – Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borildi hamda DXSh bitimi 30.09.2021 da imzolandi;

– “City Building Sales” MChJ tashabbusi bilan Xorvzm viloyatining Yangibozor tumanida (loyiha qiymati – 0,5 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) va Yangiariq tumanlarida (loyiha qiymati – 0,9 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) ichimlik suvi ta’minoti sifatini yaxshilash buyicha DXSh bitimi imzolandi;

– “Ziyo 2002NX” MChJ tashabbusi bilan Andijon viloyati Bo‘ston tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimini modernizatsiya qilish (loyiha qiymati – 0,6 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) loyihasi bitimi imzolandi.

Bundan tashqari yana 1 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bugungi kun holatiga ko‘ra ushbu loyiha tenderning 2-bosqichida:

Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi (loyiha qiymati – 90 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil) bo‘yicha tender jarayonining 2-bosqichi davom etmoqda.

2022-2026 yillar davomida kommunal sohada yana 6 ta loyihalar hujjatlari tayyorlanish va o‘rganish jarayonida:

  • Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish;
  • Kashkadaryo viloyati Dexkonobod tumanida ichimlik suvi inshootlari xamda tarmoklar kurish va ichimlik suvi sifatini yaxshilash;
  • Qarshi shahri suv oqova kanalizatsiya tizimini qurish;
  • Namangan viloyatida Issiqlik ta’minotini DXSh asosida modernizatsiya qilish;
  • Jizzax va Buxoro viloyatlarida issiqlik ta’minoti tiziminim davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish;
  • Qashqadaryo viloyatida Issiqlik ta’minotini DXSh asosida modernizatsiya qilish.

Transport sohasi:

2021 yil davomida transport sohasida jami 1 ta yirik
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga ushbu loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish
va boshqaruvga berish loyihasi
(loyiha qiymati – 82,8 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 20 yil). Loyiha konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan. DXSh to‘g‘risidagi bitim 23.09.2021 da imzolandi.

2022-2026 yillar davomida transport sohasida yana 4 ta DXSh loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:

– Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish:

Mazkur loyiha bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) xujjati Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan va Hukumatga taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda Jahon banki tomonidan loyihaning investitsiyadan oldingi tadqiqoti Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) hujjatini ishlab chiqish chiqish uchun xalqaro maslahatchilarni (konsultantlarni) jalb qilish bo‘yicha ishlar boshlangani haqida ma’lum qilindi. Konsultantlar 2021 yil yakuniga qadar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

– Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish:

YeTTB Avstriyaning ILF Consulting Engineers  kompaniyasi bilan birgalikda loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash xujjatini ishlab chiqib 2021 yil 1 iyulda taqdim etishdi. Mazkur xujjat tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Keyingi bosqich: to‘liq Texnik-iqtisodiy asoslash hujjatini ishlab chiqish.

– Samarqand-Shahrisabz yo‘lini modernizatsiya qilish va Tahtaqoracha dovonida tunnel qurish:

Turkiya Respublikasining “Yenigun” Construction industry & Comm. Inc.” kompaniyasining  loyihani baholash hujjati (LBH) (xususiy tashabbus sifatida) 2020 yil avgust oyida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi orqali Agentlikka taqdim etildi. Hozirda mazkur loyiha bo‘yicha ayrim hujjatlarning yetishmasligi hamda LBHdagi ba’zi mavjud kamchiliklar tufayli xorijiy xususiy tashabbuskor tomonidan hujjatlar qayta ishlab chiqilmoqda. Mazkur LBHga asosan,  loyiha Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasidagi 66 kmlik avtomobil yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnelni (jami 70,4 km) avtomagistral standartlari darajasida loyihalash, qurish, moliyalashtirish, foydalanish, va unga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

– Respublika Xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish (Asos: PQ-4300).

Sog‘liqni-saqlash sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida sog‘liqni saqlash sohasida 30 ta DXSh loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ulardan bugungi kun holatiga, jami qiymati 35,61 mln AQSh dollari bo‘lgan  28 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

Bundan tashqari, yana 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolanishi arafasida.

2022-2026 yillar davomida sog‘liqni saqlash sohasida yana 4 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda:

  • Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida (IFC) Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ko‘p tarmokli shifoxona tashkil etish;
  • Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida (IFC) Nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazi tashkil etish;
  • Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida (ADB) Hududlarda poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish;
  • “Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi” DUK negizida stomatologiya markazini tashkil etish.

Suv xo‘jaligi sohasi:

2019 – 2021 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida 100 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi hamda bugungi kun holatiga umumiy qiymati 17,64 mln AQSh dollari bo‘lgan 100 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

2022-2026 yillar davomida suv xo‘jaligi sohasida  har birining qiymati 1 mln.AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan yana 6 ta DXSh loyihalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ekologiya sohasi:

2019 – 2021 yil davomida ekologiya sohasida 29 ta DXSh loyiha ustida ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kun holatiga umumiy qiymati 22,1 mln AQSh dollari bo‘lgan    14 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.

Tender jarayonlarida – 15 ta loyiha.

2022-2026 yillar davomida ekologiya sohasida 8 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ular orasida eng muhimi Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh asosida boshqarish loyihasidir (loyixa qiymati – 300 mln AQSh dollari).

Ta’lim sohasi:

2019 – 2021 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 11,54 mln AQSh dollari bo‘lgan 30 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.

2022-2026 yillar davomida ta’lim sohasida yana 6 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda:

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan
80 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida
16 ta umumta’lim maktablarini DXSh asosida qurish loyihasi;

– Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim muassasalarini (maktablar) tashkil etish loyihasi;

– Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi yordamida qiymati tahminan 50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim muassasalarini (maktablar) tashkil etish loyihasi;

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan
50 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan Respublikada DXSh asosida 20 ta maktabgacha ta’lim muassasalari (bog‘chalar) tashkil etish;

– Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan qiymati tahminan
150 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan DXSh asosida 100 ta Oliy ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etish loyihasi;

– Samarqand davlat universiteti hududida 350 o‘rinli talabalar turar joyini tashkil etish.

Sport sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida sport sohasida quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borildi va imzolandi:

– Xorazm viloyati Urganch shahridagi O’zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy bo‘limining bo‘sh yer maydonida zamonaviy yopiq suv havzasi va sport majmuasini tashkil etish loyihasi (loyixa qiymati – 0,6 mln AQSh dollari).

2022-2026 yillar davomida sport sohasida quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha loyihaoldi xujjatlar tayyorlash jarayonida:

– O’zbekiston tumani Bolalar va o‘rmirlar sport maktabining markaziy o‘yingoxi (futbol standioni)ni rekonstruksiya qilish  va boshqaruvga berish loyihasi (loyixa qiymati – 2 mln AQSh dollari).

Sanoat sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida sanoat sohasida umumiy qiymati 0,46 mln AQSh dollari bo‘lgan sohasida 11 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.

Madaniyat sohasi:

2019 – 2021 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 4,87 mln AQSh dollari bo‘lgan 8 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha 7 ta DXSh bitimi imzolandi.

2019 – 2021 yillar davomida sport sohasida quyidagi 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bitim imzolanishi arafasida:

      – Andijon viloyati Baliqchi tumani «Bolalar madaniyat va istirohat bog‘i»ni DXSh asosida rekonstruksiya qilish va jixozlash loyihasi(loyixa qiymati – 2 mln AQSh dollari).

Axborot texnologiyalari sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida axborot texnologiyalari sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha loyiha ishlari olib borilmoqda:

  • «CPRT TURON» MChJ tomonidan tashabbus qilingan markirovkalarni monitoring qilish va mahsulotni kuzatish bo‘yicha milliy axborot tizimini yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish DXSh loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 5 mln. AQSh dollari) bitimi 29.12.2020y da imzolandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida     qishloq xo‘jaligi sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

  • «Xorazm baliq sanoat agro» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutda nasilchilikni rivojlantirish kompleksini tashkil etish DXSh loyihasi (loyihaning dastlabki qiymati – 5 mln. AQSh dollari).

Huquqni muxofaza qilish sohasi:

2019 – 2021 yillar davomida huquqni muxofaza qilish sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

  • Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini rivojlantirsh uchun infratuzilma ob’ektlarini DXSh shartlari asosida qurish loyihasi (loyiha qiymati – 3 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 3 yil).
[:]