“Metito Utilities Limited” kompaniyasi “Namangan shahar oqova suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish” loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘ldi

2021 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Namangan shahar oqova suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish” loyihasi bo‘yicha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligining “Metito Utilities Limited” kompaniyasi tender g‘olibi deb e’lon qilindi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4040-sonli qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyoti banki ko‘magida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha bo‘yicha 2 bosqichli ochiq va shaffof tender jarayonlari o‘tkazildi. 1-bosqichda loyihaga qiziqish bildirgan 23 ta xorij kompaniyaga dastlabki malakani baholash (RFQ) shartlari yuborildi. Tender jarayonining 2-bosqichida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligining “Metito Utilities Limited” kompaniyasi hamda Niderlandiyaning “Almar Water Solutions BV” konsortsium kompaniyasi ishtirok etdi.
Moliyaviy takliflar bo‘yicha yillik erkin foydalanganlik uchun to‘lov bo‘yicha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi Gernsi orolining “Metito Utilities Limited” kompaniyasi tomonidan 97,5 mlrd.so‘m va Niderlandiya davlatining “Almar Water Solutions BV” konsortsium kompaniyasi tomonidan 103,1 mlrd.so‘m taklifi bildirdi.
Joriy yilning 20 dekabrь kuni mazkur loyiha bo‘yicha idoralararo tender komissiyasi tomonidan “Metito Utilities Limited” kompaniyasi moliyaviy takliflar bo‘yicha yillik erkin foydalanganlik uchun to‘lovning eng past narxini, ya’ni yillik to‘lov 9 mln AQSh dollari taklif etdi va xalqaro tender g‘olibi deb topildi.
Ma’lumot uchun: “Namangan shahar oqova suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish” loyihasining qiymati 90 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Muddati esa 25 yil, shundan dastlabki 2 yili qurilish davri etib belgilandi.
Loyiha doirasida quvvati sutkasiga 100 ming m3 oqova suvlarini tozalashga mo‘ljallangan inshootni va 7,5 km uzunlikdagi oqova suv tarmoqlarini qurish nazarda tutilgan.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize