3 ta quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha 15 ta ariza kelib tushdi

Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish loyihasi bo‘yicha xalqaro kompaniyalardan 15 ta ariza kelib tushdi. Ushbu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan takliflarni olgandan so‘ng, qabul qilingan takliflarning to‘liqligini baholash uchun yuboriladi. Hujjatlari belgilangan talablarga to‘g‘ri kelgan ishtirokchilar tenderning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize