Agentlik vakillari Infratuzilma sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon konferentsiyasida ishtirok etishdi

Janubiy Koreyaning Seul shahrida Infratuzilma sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon konferentsiyasi davom etmoqda. Pandemiya sabab ishtirokchilarning aksariyati anjumanda onlayn – Zoom platformasi orqali qatnashmoqda. Tadbirda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Nodir Nuritdinov ham ishtirok etib, O‘zbekistonda DXSh shartlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, davlatning bu boradagi qo‘llab-quvvatlovi, investitsiyaviy hamkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlar, sohalar kesimi bo‘yicha DXSh loyihalari yuzasidan taqdimot qildi.  Shuningdek, anjuman davomida Koreya, Indoneziya, Keniya, Vьetnam, Bangladeshning DXSh agentliklari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, panel uchrashuvlarida kun tartibidagi qator masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdilar.

Ma’lumot uchun: Infratuzilma sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon konferentsiyasi 2013 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ushbu forum Moliya institutlari, qurilish biznesi, ijtimoiy sohalar ishtirokchilari uchun o‘ziga xos muloqot maydoni hisoblanadi. Unda xorijlik ishtirokchilar va koreyalik pudratchilar o‘rtasida infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish sohasida biznes hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, anjumanda loyihalarni koreyalik potentsial hamkorlarga taqdim etish va individual maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun imkoniyat yaratiladi. Konferentsiya Koreya Respublikasi Er, infratuzilma va transport vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi homiyligida Koreya Xalqaro pudratchilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirildi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize