Agentlik tomonidan kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumot

Agentlik tomonidan mas’ul vazirlik va takilotlar bilan hamkorlikda 2021 yil davomida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 5ta DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  Jumladan, bugungi kun holatiga 3 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan. Bular:

-Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 1 363 mln. evro; loyiha muddati – 30 yil) bo‘yicha xususiy tashabbuskor – Frantsiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan DXSh bitimi imzolandi (30.09.2021);

– “City Building Sales” MChJ tashabbusi bilan Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida (loyiha qiymati – 0,5 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) va Yangiariq tumanida (loyiha qiymati – 0,9 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) ichimlik suvi ta’minoti sifatini yaxshilash buyicha DXSh bitimi imzolandi;

– “Ziyo 2002NX” MChJ tashabbusi bilan Andijon viloyati Bo‘ston tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimini modernizatsiya qilish (loyiha qiymati – 0,6 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil) loyihasi bo‘yicha bitim imzolandi.

Bundan tashqari ayni kunda Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi (loyiha qiymati – 50,4 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil) bo‘yicha tender jarayonining 2-bosqichi davom etmoqda.

Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida kommunal sohada yana 6 ta loyiha bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va o‘rganish jarayonlari davom etmoqda. Bular:

–        Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish;

–        Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ichimlik suvi inshootlari hamda tarmoqlar qurish va ichimlik suvi sifatini yaxshilash;

–        Qarshi shahri suv oqova kanalizatsiya tizimini qurish;

–        Namangan viloyatida Issiqlik ta’minotini DXSh asosida modernizatsiya qilish;

–        Jizzax va Buxoro viloyatlarida issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish;

–        Qashqadaryo viloyatida issiqlik ta’minotini DXSh asosida modernizatsiya qilish loyihalari.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize