Sirdaryo-Soʼx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Oltiariq tumanida joylashgan “Parvoz” nasos stantsiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi boʼyicha eʼlon

Sirdaryo-Soʼx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Oltiariq tumanida joylashgan “Parvoz” nasos stantsiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi kontseptsiyasi tasdiqlandi. Mazkur loyiha konseptsiyasining potentsial davlat sherigi – Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi loyihada qatnashuvchi talabgorlar oʼrtasida tender eʼlon qiladi.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov formasi

Loyiha kontseptsiyasi

Tenderda qatnashish shartlari:

– talabgorlar qishloq va suv xoʼjaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega boʼlishi;

– moddiy va texnik jihatdan taʼminlangan boʼlishi lozim.

Qatnashchilar soʼrov formasi va takliflarini 2021 yil 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.

Murojaat uchun manzil:

Suv xoʼjaligi vazirligi, 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy koʼchasi, 39А-uy.

Tel.: (71) 202-47-93;

E-mail: dxsh@minwater.uz.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize