DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyulda 6024-sonli “O‘zbekiston Respublikаsi suv xo‘jаligini rivojlаntirishning 2020 — 2030 yillаrgа mo‘ljаllаngаn konsepsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi farmoni qabul qilingan.

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida xususiy tashabbuskor “Tog‘ayev Normurod” fermer xo‘jaligi tomonidan tashabbus qilingan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Qarshi tumanida joylashgan “12-44-sonli” meliorativ sug‘orish qudug‘ini DXSh shartlari asosida boshqaruvga berish loyihasi  konsepsiyasi Suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potensial davlat sherigi (Suv xo‘jaligi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida va Suv xo‘jaligi vazirligining “Axborot-tahlil va resurs markazi” veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatga e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

 Sorov shartlari:

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida etarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi lozim.

Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar Qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarini 2021-yil 13-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Suv xo‘jaligi vazirligi manzili: 100000  Toshkent shahri, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39A-uy .

Telefon raqami: +99871 202 47 93;

E-mail: dxsh@minwater.uz

“DXSH to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize