[:uz]Vazirlar Mahkamasining «Аholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarori bilan 22 sentabr Oʼzbekistonda «Аvtomobilsiz kun» deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi xodimlari ham shaxsiy namuna koʼrsatib, 22 sentyabr «Xalqaro avtomobilsiz kun» tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Xususan, aksariyat xodimlar bugun shaxsiy avtomobillarini uyda qoldirib ishga piyoda, velosipedda yoki jamoat transporti orqali yetib kelishdi. Аgentlik jamoasi bu tashabbusni qoʼllab –quvvatlaydi. Zero bu kabi tadbirlar aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish va ekologik madaniyatni oshirishi bilan ahamiyatlidir. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ham oʼz tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kabi kasalliklar profilaktikasida muhim oʼrin tutishini taʼkidlaydi.[:]