[:uz]Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak va Beruniy tumanlarida Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stantsiyasini qurish loyihasi bo‘yicha xalqaro tender natijalari e’lon qilindi.

70ga yaqin xorijiy kompaniya tenderda ishtirok etish qiziqishini bildirdi. Salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya, Singapur, Chexiya va Frantsiyadan 16 ta kompaniya ishtirok etib, ulardan 12 tasi ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tenderning yakuniy bosqichida Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy company PJSC” (Masdar) (BAA) kompaniyasi, “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) va “Voltalia” (Frantsiya) kompaniyasi o‘zaro raqobatlashdi.

Ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,5695 AQSh tsentga teng tarifni taklif qilgan “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi shamol elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb e’lon qilindi.

Ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,6550 AQSh tsentiga teng tarifi bilan “Masdar” (BAA) kompaniyasi ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb e’lon qilindi.

Investitsiyaviy majburiyatlarga muvofiq, shamol elektr stantsiyasi 2023 yilning o‘rtalariga kelib ishga tushiriladi. Elektr stantsiyasining ishga tushirilishi yiliga 400 million kVt/s ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydi. ShES Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zaq va Beruniy tumanlari hududida joylashadi. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.

Ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihasi O‘zbekiston Hukumatining muqobil elektr energiya manbalarini joriy etish orqali mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilishga qaratilgan dasturining bir qismidir. Uning amalga oshirilishi mamlakatning umumiy energiya balansida qayta tiklanadigan manbalardan hosil bo‘ladigan elektr energiyasi ulushini 25 foizga etkazish maqsadiga erishishga xizmat qiladi hamda 110 mingga yaqin xonadonga elektr energiyasi etkazib berish, atmosferaga chiqariladigan uglerod chiqindilarini yiliga 157 ming tonnaga kamaytirish va qurilish davrida mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi.[:ru]

Министерство инвестиций и внешней торговли объявлены результаты международного тендера на строительство ветропарка мощностью 100 МВт в Караозакском и Берунинском районах Республики Каракалпакстан на основе государственно-частного партнерства.

Интерес к участию в тендерных торгах проявили порядка 70 зарубежных компаний. В предквалификационном отборе участвовали 16 компаний из КНР, Южной Кореи, Японии, Саудовской Аравии, ОАЭ, Турции, России, Сингапура, Чехии и Франции, 12 из которых успешно прошли данный отбор.

На финальной стадии тендера конкурировали между собой эмиратская Abu Dhabi Future Energy company PJSC (Masdar) (ОАЭ), ACWA Power (Саудовская Аравия) и Voltalia (Франция).

Победителем международного тендера по проекту строительства ветряной электростанции объявлена компания ACWA Power (Саудовская Аравия) с тарифом 2,5695 центов США за кВт*ч выработанной электроэнергии.

Резервным победителем по данному тендеру объявлена компания Masdar (ОАЭ) с тарифом 2,6550 центов США за кВт*ч выработанной электроэнергии.

В соответствии с инвестиционными обязательствами ВЭС будет введена в эксплуатацию к середине 2023 года. Запуск электростанции позволит обеспечить выработку 400 млн кВт*ч экологически чистой электроэнергии в год. ВЭС будет расположена на территории Караузякского и Берунийского районов Республики Каракалпакстан. Объем привлекаемых прямых иностранных инвестиций для реализации проектов оценивается в 140 млн долларов.[:]