Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq terapiya va bolalar boʼlimining boʼsh turgan binosi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot markazini tashkil etish loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʼgʼrisida maʼlum qilish taklifi

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi “MOHINUR INDIVIDUAL MED CENTR” MChJ tomonidan tashabbus qilingan Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq terapiya va bolalar boʼlimining boʼsh turgan binosi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot markazini tashkil etish loyihasi (keyingi oʼrinlarda – Loyiha)ni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʼgʼrisida maʼlum qilish taklifi taqdim etishlarini soʼraydi. Xususiy sherik mamlakatdagi oʼsib borayotgan bozordan manfaat koʼradi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʼladi.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida”gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi

PQ-4290-son “Sogʼliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Kompaniyalar Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʼgʼrisida maʼlum qilish taklifini taqdim etishlari soʼraladi. Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʼgʼrisida maʼlum qilish taklifi ilovadagi jadvalni toʼldirilgan holda 2021 yilning 28 oktyabriga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1)  Loyiha kontseptsiyasi;

2)  Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi

Elektron pochta manzili: info@ssv.uz

Telefon raqami: (+99871) 239-46-43

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize