[:uz]

“Financial Times” nashri o‘zining navbatdagi sonida O‘zbekiston Energiya vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” DK tomonidan davlat xususiy-sheriklik asoslarida e’lon kilingan tenderni nashr etdi.

Ma’lumot uchun: Jahon moliya va biznes bozoridagi eng so‘nggi yangiliklar, voqealar tahlilini berib boruvchi “Financial Times” tahririyati o‘z gazetalarini dunyoning 24 davlatida nashr etadi. Uning kunlik tiraji 356 ming nusxani tashkil qiladi.

E’lon qilingan tender matnini e’tiboringizga havola qilamiz.

2019 yilda O‘zbekiston vertikal integratsiyalashgan tizimni taqsimlash, tariflarni isloh qilish va elektr energiyasini ishlab chiqarishda xususiy sektor investitsiyalarini keng jalb qilishni nazarda tutadigan energetika sohasini isloh qilishning keng rejasini ishlab chiqdi.

Uning doirasida davlatning 1,250-1,500 MVt quvvatli bug‘-gaz turbinasini (CCGT) qurishda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarni jalb qilishga qaror qildi. Hukumat ushbu xususiy sektorni zavodni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va topshirish bo‘yicha uzoq muddatli bitim tuzish bo‘yicha tanlov savdolari orqali tanlab oladi.

O‘zbekiston hukumati bitimni tuzishda va raqobatbardosh tender jarayonini amalga oshirishda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasini yaqindan yordam berish uchun o‘zining tranzaktsiyalar bo‘yicha etakchi maslahatchisi etib tayinladi.

O‘zbekistonning Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, tender ikki bosqichda o‘tkaziladi. Dastlabki saralash bosqichi loyihaga qiziqish bildirishdan boshlanadi. Unda loyihaga qiziqish bildirgan investorlar o‘zlari yoki konsortsiumlar tuzish orqali oldindan malakaviy tanlovga arizalarni topshirishga taklif etiladilar. Ikkinchi bosqichda oldindan malakalangan potentsial qatnashchilar loyihani baholash, loyihaviy hujjatlarga sharh berish va yakuniy majburiy texnik va moliyaviy takliflarni taqdim etish uchun taklif qilinadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ushbu loyihaga qiziqish bildirgan barcha manfaatdor shaxslarni kompaniya blankida quyidagicha matnni taqdim etishni so‘raydi.

«Xurmatli janoblar,

[Kompaniyaning to‘liq yuridik nomi], [kompaniyaning manzili], O‘zbekiston Energetika vazirligi va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» DK tomonidan e’lon qilingan moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, zavodni saqlash, foydalanish va taqdim etish bo‘yicha tanlov savdolarida ishtirok etishga qiziqish bildiradi. Xarid idorasi va uning maslahatchilari bilan aloqada bo‘lish uchun [Kompaniya nomi] [ism, familiyasi] [mansabi] [aloqa ma’lumotlari] ni aloqa qiluvchi shaxs sifatida tayinlaydi. [Imzo]»

Skanerlangan blankni Toshkent vaqti bilan 3-mart, payshanba kuni soat 17.00 dan kechiktirmay quyidagi elektron manzillarga yuborish kerak. Loyihaga qiziquvchi tomonlar skanerlangan blank havolalarini taqdim etish bilan birga, o‘zlari ham uni shaxsan etkazishlariga ruxsat beriladi, lekin bu majburiy emas.

Bitim to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha loyiha tizerini http://minenergy.uz/ru/news/view/320 manzilidan olishingiz mumkin. Loyiha tizerida qayd etilgan investorlarning konferentsiyasini 2020 yil 26-fevralga (taxminan) qadar o‘tkazish rejalashtirilgan. Konferentsiyada ishtirok etish uchun yo‘riqnoma https://minenergy.uz saytida joylashtirilgan.[:]