DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “As Mega Prima Tex” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Fargʼona viloyati, Dangʼara tumanidagi “Hunarmandlar markazi” faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha Fargʼona viloyati, Dangʼara tumanidagi “Hunarmandlar markazi”da ilgʼor boshqaruv va xususiy sherik tajribasini joriy etgan holda 300 nafar hotin-qizlarni bandligini taʼminlash orqali hunarmandchilik asosida qoʼlda shoyi matolar, shu jumladan aʼlo baxmal toʼqish hajmini yiliga 18100 metr ishlab chiqarishga erishish va realizatsiya qilishni rejalashtirgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2021 yil 9 oktyabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

 Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Fargʼona viloyati, Fargʼona shahar А.Navoiy koʼchasi 15 uy (Fargʼona viloyat hokimligi info@ferghana.uz).

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,
16-uy.

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Fargʼona viloyati hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize