[:uz]Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi Xorazm viloyati Qoʼshkoʼpir tumanida maishiy chiqindilarni toʼplash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan bir bosqichli tender boshlanganligini eʼlon qiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun arizalar, dastlabki malakani baholash hujjatlari hamda texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) takliflarni (eʼlon ostida koʼrsatilgan) yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi koʼrsatilgan va Maishiy chiqindilarni toʼplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisidagi bitimni tuzish huquqi boʼyicha tender gʼolibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 4 iyun kuni soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.
Tender oʼtkazish uchun asos: Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida”gi qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son qarori.

1) Loyiha kontseptsiyasi
2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari
3) Texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) taklif

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli

Quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin :

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi :

100032, Toshkent sh., Mirzo Ulug`bek t., Sayram ko‘chasi, 15-uy,
телефонлар: (71) 207-07-70 (1072#), 99 409-70-02.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi : 100017, Toshkent sh., Sharof Rashidov ko‘chasi, 16 , E-mail : pppinfo@ppp.mf.uz

[:]