[:uz]2020 yil 25 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hususiy tashabbuskor «ZOHIDON HOUSE OF HAPPINESS» MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Farg‘ona viloyati Rishton tumani Zoxidon madaniyat markazi aholi uchun madaniy dam olish maskan tashkil etish, markazda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, turli to‘garaklar, jamoalar, studiyalar hamda o‘quv kurslarini faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Markazda ko‘rik-tanlovlar, festivallar o‘tkazilib borish rejalashtrilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘RQ-537-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3892-son qaroriga asosida Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat va san’at ob’ektlari kelgusida madaniyat va san’at sohasida faoliyat ko‘rsatish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
7 iyuldagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 570-sonli qarori qabul qilingan. Bunda madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan ob’ektlarda madaniyat va san’at sohasiga yaqin bo‘lgan, shuningdek, xizmat ko‘rsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘RQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat – xususiy sheriklki loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat – xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat – xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendrlarni (Takliflarni) 2021 yil 22 may kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendrlar (takliflar) quydagi manzillarda qabul qilinadi:
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar T.Shefchenko ko‘chasi 1 uy.  madaniyat.devon@exat.uz , madaniyatvazirligi@gmail.com

DXSh agentligi, Sharof Rashidov ko‘chasi 16-uy,  pppinfo@ppp.mf.uz

“DXSh to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.[:]