Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi Jizzax davlat pedagogika institutining bosh o’quv binosi hovlisida yer maydonida oshxona tashkil loyihasi. QIZIQISH BILDIRISH UCHUN E'LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” Farmonida DXSH loyihalari asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish belgilangan. Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni taskil etish ishlariga xususiy investisiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

2021 yil 26-martda Oliy ta’lim vazirligiga xususiy tashabbuskor “KOINOT TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tomonidan tashabbus taklifini, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Jizzax  viloyati, Jizzax shhridagi Jizzax davlat pedagogika institutining bosh o’quv binosi hovlisida (5000 kv.m.) yer maydonida joylashgan eski oshxonasi o’rniga yangi oshxona binosini (keyingi oʻrinlarda — DXSH obyekt) qayta qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019 yil 10 maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020 yil 26 apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning kontseptsiyasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan joriy yil 26 martida tasdiqlangan.


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar Qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2021-yil 14-may Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

  1. Toshkent shahri, 2-Cho’ponota ko’chasi, 96-uy (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi). Email: edu@exat.uz, Tel: 99-851-15-85
  2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,  Tel: 71-203-03-07.

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize