[:en]Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Agentlik mutaxassislari, xodimlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Unda Texnika universiteti dosenti Samad Ne’matov ishtirok etib, murojaatnomaning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi.

Murojaatnoma mamlakatimizning siyosiy hayotidagi muhim voqelik bo‘lib, unda barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surilgan. Xususan, davlatimiz rahbari o‘z murojaatida davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida to‘xtalib, birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan DXSh asosida 2 ming 700 megavatt quvvatga ega, qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi. Bundan tashqari murojaatnomada maktabgacha ta’lim sohasida 2023 yilgacha xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilishi ta’kidlandi.


Tadbirda ham ayni jihatlar aytib o‘tildi. Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan marralarga erishish Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovon hayotini ta’minlashda ahamiyatli ekani qayd etildi.
Yig‘ilishda agentlik xodimlari Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatishga va bu esa shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning vatan oldidagi burchi ekanligini ta’kidlashdi.[:uz]Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Agentlik mutaxassislari, xodimlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Unda Texnika universiteti dosenti Samad Ne’matov ishtirok etib, murojaatnomaning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi.

Murojaatnoma mamlakatimizning siyosiy hayotidagi muhim voqelik bo‘lib, unda barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surilgan. Xususan, davlatimiz rahbari o‘z murojaatida davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida to‘xtalib, birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan DXSh asosida 2 ming 700 megavatt quvvatga ega, qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi. Bundan tashqari murojaatnomada maktabgacha ta’lim sohasida 2023 yilgacha xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilishi ta’kidlandi.


Tadbirda ham ayni jihatlar aytib o‘tildi. Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan marralarga erishish Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovon hayotini ta’minlashda ahamiyatli ekani qayd etildi.
Yig‘ilishda agentlik xodimlari Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatishga va bu esa shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning vatan oldidagi burchi ekanligini ta’kidlashdi.[:ru]Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Agentlik mutaxassislari, xodimlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Unda Texnika universiteti dosenti Samad Ne’matov ishtirok etib, murojaatnomaning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi.


Murojaatnoma mamlakatimizning siyosiy hayotidagi muhim voqelik bo‘lib, unda barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surilgan. Xususan, davlatimiz rahbari o‘z murojaatida davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida to‘xtalib, birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan DXSh asosida 2 ming 700 megavatt quvvatga ega, qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi. Bundan tashqari murojaatnomada maktabgacha ta’lim sohasida 2023 yilgacha xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilishi ta’kidlandi.


Tadbirda ham ayni jihatlar aytib o‘tildi. Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan marralarga erishish Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovon hayotini ta’minlashda ahamiyatli ekani qayd etildi.
Yig‘ilishda agentlik xodimlari Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatishga va bu esa shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning vatan oldidagi burchi ekanligini ta’kidlashdi.[:]