[:uz]2019-2020 yillarda Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun Agentlik rahbariyati tomonidan Xalq ta’limi vazirligining davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlari A.Sultonov va I.Xoshimov taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: xozirgacha Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan davlat reestriga olingan 50 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasining 24 tasi (92,5 mlrd. so‘mlik) Xalq ta’limi vazirligi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda bugungi kunda yana 3 ta yangi DXSh loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida DXSh shartlari asosida 16 ta umumta’lim maktabini tashkil etish loyihasini amalga oshirmoqda.

[:]