Xorazm viloyati, Urganch shahri, “Feruz” mahallasi, Paxlovon Maxmud ko’chasi, 18 uyda joylashgan Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy boʻlimiinig foydalanilmasdan bo’sh turgan  yer maydonida DXSh asosida yopiq suv havzasi va sport majmuasini tashkil etish rejalashtirilgan. Qiziqish bildirish uchun E'LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi
PF-5712-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda oʻtkazilgan videoselektor majlisining 12-son bayoni (2019-yil 23-martdagi 6300-xh-son topshirigʻi)da beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi-yoshlarni jismoniy chiniqtirish
va sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish nazarda tutilgan.

2020 yil 17-sentyabrda Xalq ta’limi vazirligiga xususiy tashabbuskor “XIVA TO’LAN” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tomonidan tashabbus taklifini, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Xorazm viloyati, Urganch shahri, “Feruz” mahallasi, Paxlovon Maxmud ko’chasi, 18 uyda joylashgan Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy boʻlimiinig foydalanilmasdan bo’sh turgan  er maydonida (8 000 kv.m.) (keyingi oʻrinlarda — DXSH obyekti) yopiq suv havzasi va sport majmuasini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019 yil 10 maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020 yil 26 apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning kontseptsiyasi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yil 22-dekabrda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar Qiziqish bildirish uchun so’rov
va tenderlarini (takliflarini) 2021 yil 10-fevral Toshkent vaqti bilan soat 18.00gacha topshirishlari kerak. Telefon raqam +99871 241 01 65

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

  1. Toshkent shahri, A.Navoiy ko’chasi, 2a uy (Xalq ta’limi vazirligi).

    2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,  Tel: 71-203-03-07

“DXSH to’g’risida” gi qonunning 17-moddasiga binoan, Qiziqish bildirish uchun so’rov
va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize