[:en]12 oktyabr kuni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori G‘olib Xoljigitov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov, Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Enriko Pinali va loyiha bo‘yicha potensial ishtirokchilar o‘rtasida dastlabki onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilarga Namangan shahar oqova suv inshootini DXSh shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalar, tomonlarning huquq va majburiyatlari, bu boradagi qonunchilik haqida ma’lumot berildi.

OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Enriko Pinali O‘zbekistonning qisqa muddat ichida DXSh bozori eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirish borasidagi say-harakatlarini yuqori baholadi. Namangan shahar oqova suv inshootini DXSh shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasi bu – suv ta’minoti va kanalizasiya sohasida DXSh bo‘yicha yangi qonuni asosida amalga oshirilayotgan loyihasi ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida potensial ishtirokchilar loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Namangan shahar oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati va Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Namangan shahar oqova suv inshootining tizimlari 1960 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu oqova suv tozalash inshootlarining 70 foizi ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmagani natijasida ishdan chiqib, tozalanmagan oqova suv Sirdaryo daryosiga oqizilmoqda.


Osiyo taraqqiyot bankining yollangan xorijiy ekspertlari tomonidan 2019 yil sentyabr’ oyidan bugungi kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlari natijasida hozirgi vaqtda mazkur ob’ekt juda og‘ir ahvolda va foydalanishga yaroqsiz ekani, oqova suv ifloslantiruvchi moddalardan deyarli tozalanmayotgani, mavjud tizimni tiklab bo‘lmasligi va uning o‘rniga yangi inshoot qurish talab etilayotgani to‘g‘risidagi xulosasi olingan. Inshootning asosiy xizmat ko‘rsatish hududi Namangan shahri bo‘lib, aholining atigi 27 foizi oqova suv tarmog‘iga ulangan.

Rejalashtirilgan loyiha amalga oshirilishi natijasida:
«Namangan suv ta’minoti» MChJ tomonidan Namangan shahar va unga tutash 5 tuman aholisi oqova suv xizmatlari bilan to‘liq qamrab olinadi hamda aholining qamrov darajasi 10 foizdan 70 foizga yetkaziladi;
oqova suv tarmoqlaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi;
Sirdaryo daryosiga oqizilayotgan ifloslantirilgan suvlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish orqali atrof-muhitni tozalash sifatini oshirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholi sog‘lig‘ini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi uchun qayta foydalanishga yaroqli oqova suv chiqarishga erishiladi;


oqova suvlarni tozalash xizmatlari sifati oshiriladi va xizmat ko‘rsatiladigan aholi va sanoat korxonalari soni ko‘paytiriladi;
sohaga ilg‘or texnologik innovasiyalarni qo‘llayotgan xalqaro xususiy kompaniyalarni jalb qilish orqali xizmat samaradorligi va sifati oshiriladi;
xususiy kompaniyalardan oqova suvlarni tozalash inshootlarining ishlashi bo‘yicha ilg‘or bilim va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti markazi tashkil etiladi;
«Namangan suv ta’minoti» MChJ va hududiy suv ta’minoti mutaxassislari malakasi oshiriladi.[:uz]12 oktyabr kuni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori G‘olib Xoljigitov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov, Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Enriko Pinali va loyiha bo‘yicha potensial ishtirokchilar o‘rtasida dastlabki onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilarga Namangan shahar oqova suv inshootini DXSh shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalar, tomonlarning huquq va majburiyatlari, bu boradagi qonunchilik haqida ma’lumot berildi.

OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Enriko Pinali O‘zbekistonning qisqa muddat ichida DXSh bozori eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirish borasidagi say-harakatlarini yuqori baholadi. Namangan shahar oqova suv inshootini DXSh shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasi bu – suv ta’minoti va kanalizasiya sohasida DXSh bo‘yicha yangi qonuni asosida amalga oshirilayotgan loyihasi ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida potensial ishtirokchilar loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Namangan shahar oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati va Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Namangan shahar oqova suv inshootining tizimlari 1960 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu oqova suv tozalash inshootlarining 70 foizi ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmagani natijasida ishdan chiqib, tozalanmagan oqova suv Sirdaryo daryosiga oqizilmoqda.


Osiyo taraqqiyot bankining yollangan xorijiy ekspertlari tomonidan 2019 yil sentyabr’ oyidan bugungi kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlari natijasida hozirgi vaqtda mazkur ob’ekt juda og‘ir ahvolda va foydalanishga yaroqsiz ekani, oqova suv ifloslantiruvchi moddalardan deyarli tozalanmayotgani, mavjud tizimni tiklab bo‘lmasligi va uning o‘rniga yangi inshoot qurish talab etilayotgani to‘g‘risidagi xulosasi olingan. Inshootning asosiy xizmat ko‘rsatish hududi Namangan shahri bo‘lib, aholining atigi 27 foizi oqova suv tarmog‘iga ulangan.

Rejalashtirilgan loyiha amalga oshirilishi natijasida:
«Namangan suv ta’minoti» MChJ tomonidan Namangan shahar va unga tutash 5 tuman aholisi oqova suv xizmatlari bilan to‘liq qamrab olinadi hamda aholining qamrov darajasi 10 foizdan 70 foizga yetkaziladi;
oqova suv tarmoqlaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi;
Sirdaryo daryosiga oqizilayotgan ifloslantirilgan suvlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish orqali atrof-muhitni tozalash sifatini oshirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholi sog‘lig‘ini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi uchun qayta foydalanishga yaroqli oqova suv chiqarishga erishiladi;


oqova suvlarni tozalash xizmatlari sifati oshiriladi va xizmat ko‘rsatiladigan aholi va sanoat korxonalari soni ko‘paytiriladi;
sohaga ilg‘or texnologik innovasiyalarni qo‘llayotgan xalqaro xususiy kompaniyalarni jalb qilish orqali xizmat samaradorligi va sifati oshiriladi;
xususiy kompaniyalardan oqova suvlarni tozalash inshootlarining ishlashi bo‘yicha ilg‘or bilim va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti markazi tashkil etiladi;
«Namangan suv ta’minoti» MChJ va hududiy suv ta’minoti mutaxassislari malakasi oshiriladi.[:]