[:uz] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan.Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

  • Talablar :

    • Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim
    • Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.

    Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 31-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20.00-ga qadar topshirishlari lozim.

    Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi  va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida  taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Murojaat uchun:

Davlat sherigidan mas’ul shaxslar

Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48


DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar

E-mail : pppinfo@ppp.mf.uz  (undan tashqari pppdauz@gmail.com pochtasiga ham nusxa jo’natilishi kerak)

Biriktirilgan xodim: T.Irgashev
tel: 71 203-03-07, 93 590-51-11,  E-mail: TIrgashev@ppp.mf.uz

[:]