[:uz] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan.Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Talablar :

  • Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim
  • Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.

 

Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 17-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21.00-ga qadar topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi  va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida  taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Murojaat uchun:

DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar

E-mail : pppdauz@gmail.com

Biriktirilgan xodimlar: A.Rajabov, A.Duvlonov 
tel: 71 203-03-07,  E-mail: ARajabov@ppp.mf.uz

Davlat sherigidan mas’ul shaxslar

Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48

[:]